AQSh prezidenti Donald Tramp Eron haqida navbatdagi keskin bayonot bilan chiqdi.
Uning ta’kidlashicha, Eron hozirgi holatda AQSh uchun jiddiy raqobatchi emas. “Bu hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”, — dedi Tramp.
Prezident shu orqali Eronning harbiy va siyosiy salohiyatini past baholaganini ko‘rsatdi.
Trampning mazkur bayonoti Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda yangradi va xalqaro munosabatlarda yangi bahslarga sabab bo‘lishi mumkin.