Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Eron Isroil va mintaqadagi Amerika bazalariga qarshi "Haqiqiy va’da 4" operasiyasining 69-to‘lqinini amalga oshirganini e’lon qildi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonot berdi.
Nishonlar Isroilning Tel-Aviv, Akko va Hayfa shaharlaridagi ob’ektlar, shuningdek, harbiy ta’minot kompaniyalari va radar tizimlari bo‘lganligi aytilmoqda. Mintaqadagi Amerika bazalariga ham zarba berildi; F-16 va F-35 qiruvchi samolyotlariga yoqilg‘i yetkazib beruvchi samolyotlar joylashgan angarga hujum qilindi.
"Al-Xarj (Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning janubi-sharqida) va Ali as-Salim aviabazasiga (Quvayt) G‘adr, Haybarshaqon, Zulfiqor va Qiyam raketalari bilan hujum muvaffaqiyatli bo‘ldi."
IIQK shuningdek, dronlar yuqorida aytib o‘tilgan nishonlarga ham hujum qilganini ma’lum qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bir necha soat oldin IIQK bir nechta AQSh va Isroil nishonlarini nishonga olgan "Haqiqiy va’da 4" operasiyasining 68-to‘lqinini amalga oshirgan edi.