Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Putin AQShga “kelishuv” taklif qildi

Putin AQShga “kelishuv” taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShga razvedka sohasida “kelishuv” taklif qildi. Unga ko‘ra, Moskva Eronga razvedka ma’lumotlarini uzatishni to‘xtatishi evaziga Vashingtondan Ukrainaga razvedka yordamini to‘xtatish talab qilingan.

Bu masala Rossiya va Eron o‘rtasida ma’lumot almashinuvi ehtimoli haqidagi bayonotlar ortidan kun tartibiga chiqqan.

Biroq AQSh tomoni mazkur taklifni rad etgan. Vashington bu kabi shartlar Ukrainaga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash siyosatiga zid ekanini bildirgan.

Mutaxassislar fikricha, bunday tashabbuslar geosiyosiy muzokaralarda bosim vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.

Kiritildi: 23:03 20.03.2026. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!