Eron oliy rahbari Oyatulloh Mujtaba Xomanaiy AQSh va Isroil bilan davom etayotgan mojaro fonida navbatdagi murojaatini e’lon qildi.
U o‘z yozma murojaatida, hujumlar orqali Eron rahbariyatini yo‘q qilish va shu yo‘l bilan hukumatni ag‘darish mumkin degan fikr «xomxayol» ekanini ta’kidladi.
«Dushman davlat rahbarlari va nufuzli harbiylarni yo‘q qilish orqali xalq orasida qo‘rquv uyg‘otib, ularni maydonni tark etishga majbur qilamiz deb o‘yladi», – dedi Xomanaiy.
Murojaat Fors yangi yili – Navro‘z munosabati bilan tayyorlangan bo‘lib, u Eron davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirildi.
Oliy rahbarning so‘zlariga ko‘ra, bu reja amalga oshmagan va Eron jamiyati birlashgan holda qarshilik ko‘rsatgan.
«Sizlar butun mamlakat bo‘ylab keng mudofaa chizig‘ini barpo etdingiz. Shaharlar, mahallalar va masjidlar mustahkam qo‘rg‘onga aylandi», – dedi u.
U, shuningdek, Eron jamiyatining birlashgan harakati dushmanni kutilmagan holatga solib qo‘yganini ta’kidlagan.
«Natijada dushman ziddiyatli va mantiqsiz bayonotlar berishga o‘tdi. Bu esa ularning aqliy zaifligi va vaziyatni tushunmasligini ko‘rsatadi», – dedi Eron oliy rahbari.