Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

U-20: O‘zbekiston Janubiy Koreyani yengib, finalga yo‘l oldi

U-20: O‘zbekiston Janubiy Koreyani yengib, finalga yo‘l oldi

15 mart kuni U-20 Osiyo kubogining yarim final bochqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrshuvi 0:0 hisobida yakunlanib, O‘zbekiston terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Uchrashuv Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvni ko‘rish uchun stadionga 33,977 nafar tomoshabin tashrif buyurgani aytildi.

O‘yinning asosiy vaqtida ikkala tomonda ham xavfli vaziyatlar kuzatilgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Uchrashuv natijasi ekstra-taymda ham hal bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida 3:1 hisob bilan O‘zbekiston o‘yin g‘olibi bo‘ldi.

18 mart kuni o‘tadigan final uchrashuvida O‘zbekiston Iroq terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Iroq yarimfinal bahsida penaltilar seriyasida Yaponiyani mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 21:52 15.03.2023. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!