Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalaga qarshi to‘liq oq libosda o‘ynaydi, bahsni misrlik hakamlar boshqaradi

U-20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalaga qarshi to‘liq oq libosda o‘ynaydi, bahsni misrlik hakamlar boshqaradi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Ma’ruf (Misr) ishlaydi. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan.

Shuningdek, VARda Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Gvatemala o‘rtasidagi uchrashuv 27-mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Kiritildi: 18:02 25.05.2023. O'qildi: 4618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!