Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

To‘ydan oldin maslahat: O‘zbekiston yoshlariga nima taklif qilinmoqda?

To‘ydan oldin maslahat: O‘zbekiston yoshlariga nima taklif qilinmoqda?

O‘zbekiston tadbirlar tashkilotchilari milliy assosiasiyasi aholiga bepul maslahat berish uchun ishonch raqami ishga tushirilganini ma’lum qildi.

“78 129 84 84 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, har bir fuqaro 1 yanvar kuni kuchga kirgan qoidalar bo‘yicha bepul maslahat olishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14 sentyabr kuni to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan. 2020 yilning dastlabki kunlaridan boshlab Samarqand viloyatida ushbu normativ-huquqiy hujjatda belgilangan normalar buzilishi holatlari aniqlangan reydlar o‘tkazilgan.  

Tadbirlar tashkilotchilari milliy uyushmasi mutaxassislari bozorni o‘rganib chiqib, yangi qoidalar o‘rnatilishi munosabati bilan to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazish joylarini tanlashda kishilar nimalarga e’tibor qaratishayotgani to‘g‘risida ma’lumotnomalar tayyorladilar: 1 yanvardan boshlab ko‘plab restoranlar mehmonlarning ruxsat etilgan maksimal soniga oid talabga deyarli to‘liq javob bermoqda. Uyushma, mutaxassislarning tavsiyalari kiritilgan ro‘yxatlarni barcha murojaat etuvchilarga yuborishga tayyor.

"Sohamizning  ba’zi vakillari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tanqidlarga duch kelishdi. Afsuski, biz ushbu kompaniyalarning faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, men ishonamanki, bizning umumiy maqsadimiz aybdorlarni jazolash emas, balki yangi qoidalarga muvofiq yashashni va shu jumladan mijozlar bilan ishlashni o‘rganish. Hozircha boshqa tashabbuslar bo‘lmasa-da, uyushma advokatlari Yangi yildan kuchga kirgan qoidalar tafsilotlarini tushuntirib, yuridik maslahat berishga tayyor. Bularning barchasi fuqarolarga bepul taqdim etiladi, chunki barchamiz aholining huquqiy savodxonligini oshirish tarafdorimiz. Sodir bo‘layotgan voqealarning faqat salbiy tomonini ko‘rishdan naf yo‘q - uyushma mutaxassislari yangi talablarni hisobga olgan holda to‘y uchun juda yaxshi ssenariylarni ishlab chiqdilar, ularni ham biz bepul tarqatishga tayyormiz”, – deydi Arsen Dlyanchev.

Kiritildi: 15:41 20.01.2020. O'qildi: 3017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!