Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

To‘y egasi to‘yga qo‘shib, ko‘pkari ham uyushtirsa, cheklovlar nima bo‘ladi?

To‘y egasi to‘yga qo‘shib, ko‘pkari ham uyushtirsa, cheklovlar nima bo‘ladi?

To‘y-hashamlarni o‘tkazish borasidagi cheklovlar ko‘pkari va kurash kabi umumxalq o‘yinlariga daxldor emas, deb ma’lum qildi To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Iqbol Mirzo.

Komissiyaning ilk yig‘ilishi bugun, 20 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov belgilangan cheklovlarning ko‘pkari va kurashga aloqasi bor-yo‘qligi masalasini aniqlashtirish maqsadida savol bilan murojaat qildi.

«Ayrim oilalar to‘y bilan birgalikda ko‘pkari, kurash o‘yinlarini ham o‘tkazadi. Ularda bir paytning o‘zida 10-20 ming, hatto 50 minggacha odam yig‘iladi. Odamlarga qozon-qozon osh damlanadi. Tabiiyki, bu - bizning qadriyatimiz.

Endi bitta savol tug‘iladi: biz ko‘pkari, kurash o‘tkazishni ham taqiqlaymizmi? Agar shunday qilinsa, bu bitta qadriyatimizning yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin», – deya izoh so‘radi Nazarbekov.

Komissiya raisi Iqbol Mirzo savolga javob berar ekan, bu o‘yinlarni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘riligini aytdi.

«Uloq, kurash kabi qadriyat darajasidagi xalq o‘yinlarini o‘tkazishga hech qanaqa cheklov yo‘q. Ularni to‘y-hashamlarga bog‘lash noto‘g‘ri», dedi u.

Kiritildi: 20:17 20.09.2019. O'qildi: 2756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!