Parhezshunoslar tushkun kayfiyat va depressiyaga qarshi kurashishda yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi. Ular orasida qora shokolad, baliq yog‘i va tuxum sarig‘i bor.
Mutaxassis Juli Xodsonning aytishicha, qora shokolad magniyga boy bo‘lgani sababli asab tizimini tinchlantiradi. Aynan mana shunday xususiyat avokado, bodom va keshyu yong‘og‘ida ham mavjud.
Uning hamkasbi Luiza Vilkokson esa tarkibida foydali yog‘larni jamlagan skrumbiya va losos balig‘i depressiyaga qarshi kurashishini aytib o‘tdi. Baliqning mazkur turlari miyaning yaxshi ishlashi uchun imkon yaratadi.
Tuxum sarig‘i D vitaminining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi, shuning hisobiga kayfiyatni ko‘taradi va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislar depressiyaga qarshi kurashishda kurka va mol go‘shti, shuningdek, ko‘katlar iste’moli ham yordam berishini aytib o‘tishgan.