Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Tushda aytilgan taloq o‘tadimi?

A A A
Tushda aytilgan taloq o‘tadimi?

- Men tushimda ayolimga taloqsan debman. Astag‘firulloh. Shu taloq sifatida o‘tadimi? Nima qilishni bilmay qoldim...

- Bismillahir Rohmanir Rohim.
Tushda aytilgan taloq tushmaydi. Bu haqda Shayx Abdulg‘ani al-Maydoniy rahimahulloh aytadilar:
(و) لا طلاق (النائم) لعدم الاختيار

"Uxlagan kishining taloqi ham tushmaydi. Chunki (uxlaganda) ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi" ("Al-Lubob" kitobi).

Muhaqqiq alloma Mulla Aliy Qori rahimahulloh aytadilar: "Imom Xoharzoda: "Uyqudagi kishi tushida xotinini taloq qilsa va uyg‘onganda xotiniga: "Tushimda seni taloq qilibman", desa taloq tushmaydi", deydilar" ("Fathi bobil inoya" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Kiritildi: 20:50 04.02.2022. O'qildi: 11784 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!