Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

To‘rt yil boshida pichoq bilan yashagan odam

A A A
To‘rt yil boshida pichoq bilan yashagan odam

Xitoylik bir erkak o‘n yildan buyon bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi. Shifokorlar og‘riq sababini topa olishmayotgandi.

Va nihoyat sinchiklab tekshirib ko‘rishgach, o‘n santimetrli pichoqning tig‘i bechora bemorning boshida qolib ketganini aniqlashdi.

Yunnan viloyatida istiqomat qiluvchi 37 yoshli Li Fu muttasil bosh og‘rig‘idan tashqari ovqat yutishga qiynalish va og‘izdan ba’zi-ba’zida qon kelishidan aziyat chekardi.

Og‘riq kuchiga ortiq chiday olmagan erkak shifokorlarga murojaat qildi, ular esa bemorga og‘riq qoldiruvchi preparatlar yozib berishdi. Qayta murojaat qilganidan so‘nggina mediklar Li Fu bosh suyagini rentgen qildirishga buyurishdi va u yerda noma’lum buyumni ko‘rib, hayratdan qotib qolishdi.

2006 yilgi mushtlashuv chog‘ida bosqinchilar uni pichoq bilan yaralashgandi. Pichoq tig‘i o‘shandan buyon uning boshida yurgan ekan.

Yuysi gospitalida o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operasiyadan so‘ng vrachlar metall predmetni bemor boshidan olib tashlashdi. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘rt yillik ishqalanishlardan so‘ng ham tig‘ o‘tkirligicha qolgan. Shu holida ham qon tomirlari va miyaning muhim markazlarini kesib yubormagani bemorning baxti.

Hozir erkak tiklanish jarayonida.

Kiritildi: 09:35 14.05.2018. O'qildi: 1850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik