Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Turonbank" ATB rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga uy-joy xaridi uchun kredit ajratadi

"Turonbank" ATB rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga uy-joy xaridi uchun kredit ajratadi

"Turonbank" ATB rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarga birlamchi bozordan uy-joy xaridi uchun yillik 16%dan, 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda bank axborot xizmati rahbari Nodirbek Muqimov ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 327 mln. 250 ming so‘mgacha, Toshkent shahrida esa 416 mln. 500 ming so‘mgacha ajratiladi.

Joriy yilning III chorak yakunlari bo‘yicha “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 926 nafar shaxsga 179 mlrd. 723 mln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda “Turonbank” tomonidan bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun “Kelajak” nomli ta’lim krediti ham ajratib kelinmoqda

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Turonbank tomonidan 3 mlrd 452 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar 842 nafar talaba uchun yo‘naltirildi.

Kiritildi: 16:43 11.10.2023. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!