Ushbu taklif Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida bo‘lib o‘tayotgan Xalq maslahati yig‘ilishida oqsoqollar kengashi a’zosi, faxriy oqsoqol Yozmurod Otamurodov tomonidan.
Xalq maslahati raisi va uning o‘g‘li - Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga murojaat qilar ekan, Otamurodov mamlakat rahbariyatining "baxtli xalq turmush darajasini barqaror o‘stirayotgan" siyosatini yuqori baholadi. U aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari yuqori darajaga yetganini aytib, to‘lovlarni oshirishni to‘xtatishni taklif qildi va "odamlar uchun yaratilgan bunday imtiyozlar dunyoning hech bir mamlakatida yo‘qligini" ta’kidladi.
Turkmaniston rasmiylari ish haqi, pensiyalar, davlat nafaqalari va stipendiyalar miqdorini har yili oshirishdan voz kechishi tashabbusiga hozircha izoh bermadi. Biroq 2015 yilda Xalq Maslahati a’zosining xalq" qudrat va baxt davrida shunchalik yaxshi yashaydiki, gaz, suv va elektr energiyasi uchun bemalol to‘lay oladi" degan bayonoti oxir-oqibat ushbu xizmatlar uchun imtiyozlarning butunlay bekor qilinishiga olib kelgan edi.