Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Moskva NATO chegaralarining buzilishini Kiyevning Qrimga bergan zarbalariga javob deb atadi

Moskva NATO chegaralarining buzilishini Kiyevning Qrimga bergan zarbalariga javob deb atadi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya elchilari Moskvadagi maxfiy yig‘ilishda Rossiyaning uchta qiruvchi samolyotining Estoniya havo hududiga bostirib kirganidan xavotir bildirdi, biroq Rossiya tomoni buni Kiyevning Qrimga bergan zarbalariga javob deb atadi.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Evropa diplomatlari Kremlni yopiq eshiklar ortida Rossiya samolyotlari yana NATO chegaralarini buzsa, alyans qattiq choralar ko‘rishga, jumladan, samolyotni urib tushirishga tayyorligi haqida ogohlantirdi.

Moskvadagi uchrashuvda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari Estoniya osmonida uchta MiG-31 samolyoti bilan bog‘liq hodisaga norozilik bildirishdi. Ular buni tasodif emas, balki Rossiya qo‘mondonligi buyrug‘i bilan ataylab qilingan provokasiya deb baholadilar.

Ammo agentlik manbalariga ko‘ra, Moskvadagi muzokaralar chog‘ida rossiyalik diplomat yevropaliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bunday bosqinlar Ukrainaning Qrimga qilgan hujumlariga javob ekanligini aytgan. Kremlning fikricha, bunday zarbalarni NATO yordamisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, ya’ni Rossiya va Yevropa davlatlari o‘rtasida qarama-qarshilik allaqachon boshlangan.

Kiritildi: 10:45 26.09.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!