Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Husiylar Tel-Avivga "gipertovushli ballistik raketa" yordamida hujum qildi

Husiylar Tel-Avivga "gipertovushli ballistik raketa" yordamida hujum qildi

Yamanning "Ansor Alloh" harakatining hutiy isyonchilari Tel-Avivdagi bir nechta nishonlarga "gipertovushli ballistik raketa" bilan hujum uyushtirdi.

Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya Al Masirah telekanali orqali ma’lum qildi.

"Yaman Qurolli kuchlarining raketa kuchlari "Falastin-2" gipertovushli ballistik raketasi yordamida harbiy operasiya o‘tkazdi va u bosib olingan Yaffa tumanidagi (Tel-Aviv) bir nechta muhim nishonlarga zarba berdi. Operasiya o‘z maqsadiga muvaffaqiyatli erishdi", - dedi harakat vakili.

Avvalgi xabarlarda Isroilning Yaman poytaxti Sanoga bergan zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani, 140 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 10:30 26.09.2025. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!