Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Vengriya qiruvchi samolyotlari Latviya yaqinida Rossiyaning beshta samolyotini tutib oldi

Vengriya qiruvchi samolyotlari Latviya yaqinida Rossiyaning beshta samolyotini tutib oldi

Vengriya qiruvchi samolyotlari Latviya havo hududi yaqinida Rossiyaning beshta samolyotini tutib oldi.

Bu haqda NATO ittifoqchi havo kuchlari qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Vengriyaning ikkita Gripen qiruvchi samolyoti 25 sentyabr kuni Shyaulyay aviabazasidan (Litva) Latviya havo hududi yaqinida uchayotgan Rossiya samolyotlarini – Su-30, Su-35 va uchta MiG-31ni tutib olish uchun uchib chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Alyans bayonotida ta’kidlanishicha, Vengriya NATOning Boltiqbo‘yi mintaqasi va uning sharqiy qanoti mudofaasi va xavfsizligiga sodiqligini namoyish etgan.

24 sentyabr kuni Alyaskadagi havo mudofaasi identifikasiya zonasida Rossiyaning to‘rtta harbiy samolyoti aniqlangani va ularga hamrohlik qilish uchun to‘rtta F-16 qiruvchi samolyoti qo‘zg‘atilgani avvalroq xabar qilingan edi. O‘tgan hafta Rossiyaning uchta MiG-31 harbiy samolyoti Estoniya havo hududini buzib, NATO doirasida bunday hodisalarga tegishli javob choralari haqida munozaraga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 09:00 26.09.2025. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!