Rossiya 2030 yilda Tomsk viloyatida dunyodagi birinchi yopiq siklli atom energetika tizimini ishga tushiradi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Global atom forumida ma’lum qildi.
"2030 yildayoq biz Rossiyada, Tomsk viloyatida dunyodagi birinchi yopiq siklli atom energetika tizimini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.
"Bu nimani anglatadi? Bu rossiyalik olimlar va muhandislar tomonidan amalga oshirilgan chinakam inqilobiy ish. Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, ishlatilgan yoqilg‘ining deyarli butun hajmi, ya’ni 95 foizi qayta-qayta reaktorlarda qayta ishlatiladi", deb tushuntirdi Putin. "Bu mexanizm oxir-oqibat radioaktiv chiqindilar to‘planishi muammosini deyarli to‘liq hal qilish imkonini beradi. Va eng muhimi, uranning mavjudligi masalasini mohiyatan hal qiladi".
Prezident Ulyanovsk viloyatida tashkil etilayotgan xalqaro tadqiqot markazida yopiq sikl tizimi uchun barcha ilg‘or materiallarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilganini ta’kidladi.