Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, Eron AQSh va Isroil bilan qarama-qarshilikka bardosh bera oladi, ammo bu katta tiklanish xarajatlarini talab qiladi. U bu haqda 2 mart kuni TASSga bergan sharhida ma’lum qildi.
Siyosatchidan Eron o‘z rahbariyatining katta qismi halok bo‘lgan sharoitda chidamlilik ko‘rsata oladimi, degan savol so‘ralgan.
Medvedev Eronni Fors imperiyasining vorisi va qadimiy sivilizasiya sifatida ta’riflab, «ular bardosh beradi, ammo tiklanish narxi yuqori bo‘ladi», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda jamiyatning yuqori darajadagi birlashuvi talab etiladi.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy mamlakat AQSh va Isroilga qarshi keng ko‘lamli urush olib borayotganini va rahbari Xomaniyning o‘limi uchun qasos olishini bildirgan edi.
28 fevral kuni Isroil–AQShning Eronga zarbasidan so‘ng, Islamic Revolutionary Guard Corps (Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi) Isroil nishonlariga javob raketa hujumlari haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi — BAA, Bahrayn, Quvayt va Qatardagi AQSh harbiy bazalariga ham zarbalar berilgani aytilgan.