Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi.
«Turkmangaz» va «Gazprom» Turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirmadi, chunki tomonlar narx masalasida kelisha olmagan, dedi Turkmangaz rahbari Babayev.
Shu bilan birga, u Rossiya Federasiyasiga gaz yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyati borligini ham e’lon qildi. «Bugungi kunda turli tomonlardan – shimoldan, g‘arbdan, sharqdan gazimizga talablar ortib bormoqda. Biz har kuni turli xaridorlar va davlatlar bilan muzokaralar bosqichidamiz, shuning uchun hamma narsa bo‘lishi mumkin», deya ta’kidladi u.
2019 yilda «Gazprom» «Turkmangaz»dan 5 yil muddatga – 2024 yilning 30 iyuniga qadar tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan edi.