Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi binodan chiqarib olindi, deb xabar beradi CNN TÜRK telekanali.
"Noma’lum sababga ko‘ra, sertifikati muddati tugagan va biznes yuritish lisenziyasi hokimlik tomonidan uzaytirilmagan mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Shahar merining aytishicha, mehmonxona avvalgi tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar tufayli yopilgan edi. Bu qaror Bolu viloyatidagi tog‘-chang‘i kurortida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng qabul qilingan.