Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiyaning Qirg‘izistonga saxovatli sovg‘asi

Turkiyaning Qirg‘izistonga saxovatli sovg‘asi

Anqara Bishkekning 62 million dollardan ortiq tashqi qarzidan kechdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti bilan muzokaralar yakunida Japarov mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yiliga besh milliard dollarga yetkazish rejasini ham ma’lum qildi. Bir yil avval Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi eksport-import operasiyalari hajmi 1,34 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Savdo qoidalarini soddalashtirish orqali savdo aylanmasini oshirish mumkin. Misol tariqasida Japarov Turkiya tomonidan Qirg‘iziston tovarlarining ayrim turlariga imtiyozli bojxona tariflari joriy etilganini keltirdi.

«Eksport bazamizni tashkil etuvchi tovarlar toifalari uchun imtiyozli bojxona tariflarini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman», — dedi u.

Kiritildi: 22:48 05.11.2024. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!