Turkiyaning Kojaeli viloyatida noma’lum shaxs Procter&Gamble zavodiga qurolli bosqin uyushtirib, kompaniyaning 7 nafar xodimini garovga oldi.
Qayd etilishicha, erkak shu yo‘l orqali G‘azo sektoridagi vaziyatga o‘z noroziligini bildirishga qaror qilgan. Ayni paytda polisiya xodimlari hujumchi qilgan shaxsni qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilishga ko‘ndirishmoqda.