Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyaning g‘ayrioddiy maskani — olovli Yanartosh tog‘ini eshitganmisiz?

Turkiyaning g‘ayrioddiy maskani — olovli Yanartosh tog‘ini eshitganmisiz?

Sirli tabiat hodisalarini sevuvchilar uchun noyob diqqatga sazovor joy – olovli Yanartosh tog‘ini tomosha qilishni istaysizmi? Unda Turkiyaga, Mug‘la shahri yaqinidagi Kemerga tashrif buyuring.

Bu yerda tosh yoriqlaridan olov otilib chiqadi. Toshlar yonayotganga o‘xshaydi.

Mahalliy e’tiqodlarga ko‘ra, bir vaqtlar Ximera tog‘ tepasida yashab, mahalliy aholini o‘ldira boshlagan. Shu qishloqda qahramon yigit ham bo‘lib, g‘ayrioddiy jasorati bilan ajralib turgan. U qishloq aholisini yirtqich maxluqdan qutqarishga qaror qiladi. Yigit Ximera bilan jang qilish uchun chiqadi va uni tog‘ning tepasidan uloqtiradi. Shundan so‘ng bu joy «olovli tog‘» deb ataladi.

Biroq olimlar tabiat hodisasini butunlay boshqacha izohlaydilar: tog‘ ostida tabiiy gazning ulkan konlari bor, ular tashqariga chiqqach, kislorod bilan ta’sirlashadi va alanga oladi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 18:07 30.01.2022. O'qildi: 3285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!