Turkiya Superligasining noyabr oyi uchun ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Quvonarlisi, undan "Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov ham o‘rin oldi.
O‘zbekistonlik forvard o‘tgan oyda 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning barchasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ayni paytda Shomurodov Superliga to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Bashakshehir" jamoasi chempionatning 16-turidan so‘ng 20 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.
