Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyalik investor Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi: u nimadan norozi? (video)

A A A
Turkiyalik investor Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi: u nimadan norozi? (video)

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana bir xorijlik investorning hal bo‘lmayotgan muammosi yuzasidan Prezidentga yo‘llagan murojaati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Investor o‘z murojaatida o‘zining ishlab turgan O‘zbekiston-Turkiya “Komfort-dizayn” qo‘shma korxonasi hech qanday asossiz tenderga qo‘yilib, 0 qiymatda boshqa bir tashkilotga berib yuborilganligini bildirgan.

Mazkur qo‘shma korxona 2017 yilda ijaraga joy olib, 3 tomonlama shartnoma asosida o‘z faoliyatini boshlagan.

Demak, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy tartibda yo‘lga qo‘ygan. Ammo...
Uning faoliyatiga noqonuniy tarzda chek qo‘yilmoqda. Chunki uning ayni paytda ijarada o‘tirgan binosi tenderga qo‘yib yuborilgan. Aslini olganda tenderga bo‘sh turgan, tashlandiq ob’ektlar nol qiymatda qo‘yiladi. Bu korxona bo‘sh va tashlandiq yer yemas, balki 40 dan ortiq ishchi-xizmatchi ishlayotgan ob’ektdir. 

— Ushbu korxonani tashkil etish uchun Xitoydan qanchadan-qancha texnik jihozlar, xom-ashyolar sotib olingan, – deydi o‘z murojaatida turkiyalik investor. — Bugungi kunda ishlab turgan, daromad keltirayotgan korxonani birdaniga, hech qanday ogohlantirishlarsiz, achinarlisi, noqonuniy tartibda boshqa bir tashkilotga berib yuborilishi adolatsizlik. 

Holat yuzasidan korxona rahbari va turkiyalik investor viloyat hokimi va ko‘plab yuqori tashkilotlardan izoh so‘ragan. Ular mazkur muammoni ijobiy hal etishga va’da berishgan. Ammo...

Oxirgi paytlarda bu kabi holatlar odatiy holga aylanib ulgurdi desak, xato bo‘lmaydi. Bitta investorni mamlakatga jalb qilish judayam qiyin, lekin uning haq-huquqlarini ta’minlagan holatda faoliyat olib borishiga sharoit yaratib berish undan-da mushkul ish bo‘lmoqda.

Afsuski, bu kabi holatlar hayotimizda tez-tez sodir bo‘lib turar ekan, investorlarning ishonchi yanada yo‘qolib boradi. Natijada esa iqtisodiyotimiz oldinga emas orqaga qarab ketishda davom etaveradi.

Kiritildi: 16:55 24.07.2019. O'qildi: 3827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!