Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyada elektr energiyasi narxlari noldan pastga tushmoqda – Bloomberg

A A A
Germaniyada elektr energiyasi narxlari noldan pastga tushmoqda – Bloomberg

Shamolli ob-havo va shamol energetikasi orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli Germaniyada elektr energiyasi narxi pasayib, bir necha soat davomida nol darajadan pastda qola boshladi. Masalan, 24 may kuni narxlar 7 soat davomida manfiy qiymatda bo‘lib, bir megavatt-soat uchun - 13,17 yevroga yetdi, deb yozadi Bloomberg agentligi Epex Spot SE birjasi ma’lumotlariga tayanib.

May oyida elektr energiyasining o‘rtacha narxi kuniga to‘rt soat davomida noldan past bo‘ldi, bu aprel oyiga nisbatan taxminan 45 foizga ko‘p. Mart oyida quyosh energiyasi ishlab chiqarishning ortishi tufayli Germaniya, Niderlandiya va Belgiyada uning narxlari bir megavatt-soat uchun -17,73 yevro bo‘lgani xabar qilingan edi.

Narxlarning pasayishi tobora tez-tez sodir bo‘lmoqda, bu esa, quyosh va shamol energiyasiga sarmoya kiritadigan investorlar uchun foydaning yo‘qolishiga olib keladi, ammo iste’molchilarning bir qismi uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:48 30.05.2025. O'qildi: 4260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!