Turkiyaga o‘z xolasining qizi tomonidan aldov yo‘li bilan olib kelingan odam savdosi qurboni O‘zbekistonga qaytarildi.
2024 yil 10 noyabr kuni Bosh konsulxonaga 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi «F.H.» murojaat qilib, xolasining qizi «A.M.» tomonidan Turkiyaning Mug‘la viloyati “The Pera Hotel Marmaris” mehmonxonasida pul evaziga fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma’lum qildi va ozod qilinishida yordam so‘radi.
«O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik» hamda «O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish» jamiyatlari bilan hamkorlikda «F.H.»ning mehmonxonadan ozod etilishi, Istanbulga olib kelinishi va xavfsiz joyga joylashtirilishi tashkillashtirildi.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2024 yil 15 noyabr kuni yuqorida zikr etilgan jamiyatlar bilan hamkorlikda vatandoshimiz O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.