Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari lavozimiga nomzod Kaya Kallas Ukrainadagi urush «Afg‘onistondagi urush kabi» tugashini istaydi.
Bu haqda u Yevroparlamentdagi tinglovda ma’lum qildi.
Kallasning
ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush Afg‘onistondagi urush kabi tugashi kerak, u yerda «ruslar xato qilganini anglab yetishgan».
«Ruslar g‘alaba qozona olmasligini tushunishlari va qo‘shinlarini olib chiqishlari kerak», dedi u. Kallasning so‘zlariga ko‘ra, bunday nizolar davom etishi uchun Yevropa Ittifoqidan Kiyevga harbiy yuk yetkazib berish muhim ahamiyatga ega.