Kiprning yunon qismi ham qo‘shilgan G‘arb sanksiyalari tufayli orolda yashovchi ruslar orolning shimoliy qismiga ko‘chib o‘tmoqda, deb yozadi The Economist nashri.
Jurnalning qayd etishicha, shimolda yashovchi ruslarning aniq sonini hisoblash qiyin, ammo nikosiyalik demograf Mete Xatayning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda u yerda 20 mingga yaqin rus va ukrainaliklar bor.
Shu bilan birga, deb yozadi The Economist, bu oroldagi vaziyatni murakkablashtirdi, chunki Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) aholisi kam va taxminan 550 ming kishini tashkil qiladi.
Jurnal 2022 yilgacha ko‘plab badavlat ruslar Kiprning yunon sektoriga oqib kelganini eslatib o‘tadi. Hatto Kipr Respublikasining ikkinchi yirik shahri Limassol ruslarning ko‘pligi sababli mahalliy aholi tomonidan "Limassolgrad" deb atala boshlagan.