Abxaziya muxolifati va hukumati o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatildi, chunki prezident Aslan Bjaniya qochib ketdi, deya bayonot berdi isyonchilarning yetakchilaridan biri Livan Mikaa.
«Muzokaralar jarayoni to‘xtatildi, chunki prezident qochib ketgan. U qayoqqa qochganini biladigan odamlarni topa olmayapmiz», — dedi u.
Mikaaning taxminicha, Bjaniya Rossiya harbiy bazasi hududida bo‘lishi mumkin. Prezident matbuot xizmati buni inkor etib, Bjaniya o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tamish qishlog‘iga ketganini aytdi.
Muxolifatchi qo‘shimcha qilishicha, agar prezident ertalabgacha aloqaga chiqmasa, parlamentda uning iste’fosi masalasi ko‘riladi.