Turkiyaga ketayotgan hamda u yerda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga ko‘ra, ayrim firibgarlar vatandoshlarni yolg‘on ish takliflari bilan aldayotgani kuzatilmoqda.
Bosh konsulxona fuqarolarni faqat rasmiy va ishonchli manbalar orqali ish takliflarini qabul qilishga, shuningdek, ishga joylashish uchun Turkiya tomonidan beriladigan maxsus ish ruxsatnomasi (Çalışma İzni)ni rasmiylashtirish zarurligiga chaqirmoqda.