Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyadan Suriyaga 81 mingdan ortiq odam qaytdi

Turkiyadan Suriyaga 81 mingdan ortiq odam qaytdi

Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan beri Turkiyadan Suriyaga hozirgacha 81 576 nafar suriyalik o‘z ixtiyori bilan qaytdi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ichki ko‘chirilganlarning o‘z vatanlariga xavfsiz qaytishini ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 12 dekabrda Suriyada 61 yildan beri hukmronlik qilgan Arab Sosialistik Uyg‘onish partiyasi (Baas) qulagan edi. Buning ortidan Turkiyada yashovchi suriyalik qochqinlar o‘z yurtlariga qaytishni boshladi.

Kiritildi: 20:05 29.01.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!