Turkiyaning Marmaris shahridan G‘azoga yana bir yordam yukini olib ketayotgan gumanitar kemalar jo‘nab ketdi.
Bu haqda Clash nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, karvon 54 ta kemadan iborat bo‘lib, 45 mamlakatdan taxminan 500 nafar faolni o‘z ichiga oladi. Bu faollarning G‘azoga yetib borishga ikkinchi urinishi.
"Faollar Turkiyada qayta yig‘ilib, kattaroq karvon tuzib, G‘azoga yo‘l olishdi. Isroil tomoni flotiliyani yana to‘xtatishini ma’lum qildi", deyiladi xabarda.
Gumanitar yordam tarkibiga guruch, un, bolalar ovqatlari va dori-darmonlar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kechasi Isroil dengiz floti Krit oroli yaqinida G‘azoga yo‘l olgan "Sumud Global flotiliyasi"ning 58 ta kemasidan 15 tasini qo‘lga oldi.