AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin Eron masalasida Vashingtonga yordam taklif qilganini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, Si Szinpin: «Agar yordam berish uchun qo‘limdan kelgan ish bo‘lsa, yordam berishni istayman», degan.
Oq uy rahbariga ko‘ra, Xitoy tomoni Eronga harbiy texnika yetkazib bermaslikka va’da bergan.
Shu bilan birga, Tramp Pekin Eron neftini sotib olishni davom ettirish niyatida ekanini ham ta’kidladi.