Bu haqda AQSh ma’muriyati vakili Sebastyan Gorka NYP nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Resolute Desk ish stoli tortmasida, agar Tramp bilan biror kor-hol yuz bersa, vise-prezidentga topshiriladigan maktub turibdi", – deydi u.
Shuningdek, Gorka Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Trampga nisbatan ehtimoliy suiqasddan xavotirda emasligini, chunki mamlakatda hokimiyat vorisligi bo‘yicha maxsus protokollar amal qilishini ta’kidladi.