Bu haqda energetika vaziri Visente de la O ma’lum qildi.
Vazirning aytishicha, dekabr oyidan beri Kubaga yoqilg‘i yetkazib berilmagan. Rossiya xayriya qilgan yagona yirik partiya — 100 ming tonna neft ham may oyi boshida tugagan.
Amaldor elektr ishlab chiqarish uchun millionlab tonna yoqilg‘i talab etilishini, ichki neft va u bilan bog‘liq gaz ishlab chiqarish esa ichki ehtiyojning faqat bir qismini qoplashini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti AQSh siyosati Kuba xalqini halokat yoqasiga olib kelishga qaratilganini qo‘shimcha qildi.