Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyadagi o‘zbeklar holidan xabar olindi: 18 nafari vatanga qaytdi, qolgani ish bilan ta’minlanadi

Turkiyadagi o‘zbeklar holidan xabar olindi: 18 nafari vatanga qaytdi, qolgani ish bilan ta’minlanadi

"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida Turkiya Respublikasining Mersin viloyatida yashovchi va vaqtincha mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi.

18 nafar vatandoshimizga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Antaliya–Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi uchun aviachiptalar xarid qilindi va ular yurtga qaytarildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etilgan holda ishga joylashtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Mersin viloyatida faoliyat yuritayotgan “Asya Fel Group” kompaniyasi mas’ullari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniya direktori Eren O‘zturk Turkiyaning Nig‘de viloyatida barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish fabrikasida ishchi kuchi talab yuqori ekanini ma’lum qildi va ushbu mehnat resurslariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 06:42 08.08.2025. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!