Iyun oyi boshidan beri Turkiyaning 16 provinsiyasida sodir bo‘lgan 44 ta o‘rmon yong‘iniga aloqadorlikda gumon qilinib olti kishi hibsga olindi, deb xabar beradi AZERTADJ.
Mamlakat adliya vaziri Akin Gyurlekning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki oy ichida o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilinib jami 29 kishi aniqlangan. 6 kishi hibsga olingan va yana 6 kishining ishi bo‘yicha sud qarori tez orada e’lon qilinadi. 9 kishiga ma’muriy nazorat choralari qo‘llanildi. Qolgan gumondorlar ustidan tergov davom etmoqda.
Adliya vaziri mamlakatdagi birorta ham o‘rmon yong‘ini prokuratura e’tiboridan chetda qolmasligini va unga aloqador barcha shaxslar qonunga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.