Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada yana 250 ta mehmonxona muhrlanadi

Turkiyada yana 250 ta mehmonxona muhrlanadi

Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi fojia ortidan nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng Istanbulda 250 dan ortiq mehmonxonalar yopiladi.

Bu haqda "T24" portali xabar bermoqda.

Turkiya megapolisi gubernatori idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvlar 12 ta prefekturada o‘tkazilgan. 253 ta mehmonxonada faoliyat yuritish uchun lisenziyaning yo‘qligi, shuningdek, yong‘in xavfsizligini o‘z ichiga olgan qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 64 tasi xorijliklar orasida mashhur bo‘lgan Istanbulning Yevropa tomonidagi Beyoglu tumanida joylashgan.

Istanbul gubernatori Dovut Gul avvalroq shahardagi qoidabuzarlik aniqlangan barcha mehmonxonalar hafta oxiri yoki eng kech 3 fevral, dushanba kuni yopilib, muhrlanishini aytdi. Istanbulda 3 mingga yaqin mehmonxona mavjud.

Avvalroq Antaliya hukumati tekshiruvlar doirasida 50 ta mehmonxonani muhrlagani xabar qilingandi.

Kiritildi: 17:16 01.02.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!