Turkiyaning Istanbul shahri, Chekmeko‘y tumanidagi o‘rmon hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in noma’lum sababga ko‘ra sodir bo‘lgan.
Hududga ko‘p sonli o‘t o‘chiruvchilar va polisiya yuborildi. Ayni paytda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.