Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada tug‘ilish kamaymoqda: Erdo‘g‘an "falokat" haqida e’lon qildi

Turkiyada tug‘ilish kamaymoqda: Erdo‘g‘an "falokat" haqida e’lon qildi

Turkiyada aholi sonining o‘sish sur’ati keskin pasaymoqda, dedi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

"Aholining o‘sish sur’atlari pasayib bormoqda va agar tug‘ilishga qaraydigan bo‘lsak, biz amalda falokatga duch keldik. Jamiyat tobora individualizmga berilib bormoqda.

Tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti aholining ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan darajadan past bo‘ldi. TÜİK ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil uchun tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti 1,48 ni tashkil qiladi. Hozir biz falokatni boshdan kechirmoqdamiz," deb aytgan Erdo‘g‘an va bu ko‘rsatkich aholi ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan 2,10 darajadan ancha past ekanini aytgan.

"Kelajagimiz nuqtai nazaridan ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroqlar juda baland yangramoqda. Bu mamlakat taqdiri haqida o‘ylaydigan hech kim bunga befarq qaray olmaydi," - deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Tug‘ilish darajasining pasayishi haqida so‘z yuritarkan, Erdo‘g‘an quyidagicha ta’kidladi: "Shubhasiz, asosiy omil shundaki, shaharda ayollar tobora ko‘proq muammolarga yolg‘iz duch kelmoqda. Ochiq aytishga majburman. Erkaklar xafa bo‘lishmasin, ammo bu haqiqat. Bolalar tarbiyasi masalasida ayollar ko‘pincha turmush o‘rtoqlaridan zarur yordamni ololmaydilar. Afsuski, yukning katta qismi ayollarning zimmasiga tushmoqda."

Kiritildi: 19:04 20.11.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!