Anqarada yashovchi 53 yoshli Mehmet Chakmak sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan suratlar sabab qo‘lga olindi. U o‘z rasmini mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda adliya vaziri Akin Gurlek suratlari yoniga joylashtirib, WhatsApp profilida ulashgan.
Anqara Bosh prokuraturasi olib borayotgan surishtiruvlarga ko‘ra, gumondor bu harakati orqali o‘zini yuqori lavozimli amaldorlar bilan yaqin aloqador va ta’sirga ega shaxsdek ko‘rsatishga urinishda gumonlanmoqda.
Hozirda unga nisbatan ta’sir o‘tkazishga urinish hamda aholi orasida vahima yoki sarosimaga sabab bo‘ladigan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish moddalari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.