Turkiyaning Izmir shahrida uch nafar polisiyachi qo‘lga olmoqchi bo‘lgan gumonlanuvchi tomonidan hujumga uchradi.
Voqea Seferixisar tumanida sodir bo‘lganini ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya hujum joyiga o‘qotar qurol bilan mushtlashuv haqida xabar berganidan so‘ng yetib kelgan, biroq hujumga uchragan. Oqibatda huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi jarohatlangan.
Voqea joyiga qo‘shimcha polisiya kuchlari va tez yordam mashinalari jo‘natildi. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Huquq-tartibot xodimlariga hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.