Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

APL klublari qishda Abduqodir Husanov uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

A A A
APL klublari qishda Abduqodir Husanov uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga Premyer-liga klublari qiziqish bildirmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, "Lans" himoyachisi Abduqodir Xusanovga "Tottenxem" va "Nyukasl" kabi APLning yettita klubi qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi 2023 yilda 100 ming yevro evaziga "Energetik-BGU"dan Fransiya jamoasiga o‘tgandi. Futbolchining navbatdagi transferi potensial xaridorlarga 25 million funtga (30 million yevro atrofida) tushishi mumkin.

Husanovni "PSJ" ham kuzatib borayotgani avvalroq xabar qilingandi.

Joriy mavsum Liga1 da Abduqodir 11 ta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:08 03.12.2024. O'qildi: 16638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!