Germaniya kansleri Olaf Shols internetda faol muhokamalarga sabab bo‘lgan kumush chamadonda nima borligini oshkor qildi.
L’essentiel gazetasining yozishicha, Shols unda ichki kiyimlar, yo‘l jihozlari va "yana ba’zi zarur narsalarni" olgan.
Shu bilan birga, tarmoq foydalanuvchilari chamadonda "qahvali termos va buterbrodlar" borligi haqida hazil qilishdi.
Ba’zilar unda Shols Ukrainaga yuborilgan harbiy yordam uchun 650 million yevro olib kelganini taxmin qilishdi.