Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nega rubl tushmoqda va bundan keyin nima bo‘ladi?

Nega rubl tushmoqda va bundan keyin nima bo‘ladi?


27 noyabr kuni dollar 113 rublni tashkil qildi – Rossiya milliy valyutasi 2022 yil fevralida urushning birinchi kunlaridan buyon u qadar pasaymagan edi. Tahlilchilar bunga asosiy sabab sifatida AQSh tomonidan Rossiya energiya resurslari uchun to‘lovlar bo‘yicha asosiy xalqaro shlyuz bo‘lmish «Gazprombank»ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni keltirmoqda. Bundan tashqari, rubl yozda boshlangan neft narxining pasayishi, Rossiya harbiy xarajatlarining oshishi va G‘arbning boshqa sanksiyalari tufayli zaiflashdi.

Rossiya Markaziy banki rublni mustahkamlashga urinib, chet el valyutasini sotib olishni to‘xtatdi. Biroq, ayrim kuzatuvchilar, bo‘layotgan voqealar prezident Putinning davlat xarajatlarini oshirish rejalariga mos keladi, deb hisoblaydi. Rossiya odatda neft va gazni chet el valyutasiga sotadi, ya’ni zaif rubl bilan Kreml milliy valyutada ko‘proq mablag‘ oladi. Bu, ayniqsa, 2025 yilda budjetning katta hajmdagi o‘sishini kutish uchun to‘g‘ri keladi.

Ilgari Rossiya iqtisodiyoti ko‘pchilik kutganidan ham barqarorroq bo‘lib chiqdi: Moskva qazilma uglevodorodlarni sotishdan katta daromad olishda davom etdi va AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning keng ko‘lamli sanksiyalarini chetlab o‘tish yo‘llarini topdi. Ammo hozir Kremlda xavotirlanishga asoslar bordek ko‘rinadi: neft arzonlashmoqda va Rossiya iqtisodiyoti, qator ekspertlarning fikricha, xavfli darajada qizib keta boshladi. Shu bilan birga, zaif rubl inflyasiyaning tezlashishiga qarshi kurashni murakkablashtiradi.

Kiritildi: 11:03 03.12.2024. O'qildi: 4088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!