Bugun 3 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning uchta viloyati va Qrimga hujum qilindi

Rossiyaning uchta viloyati va Qrimga hujum qilindi

2 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari uchuvchisiz samolyotlardan Rossiyaning uchta viloyati va Qrimga hujum qilish uchun foydalandi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Departament bayonotiga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi 15 ta dronni yo‘q qilgan: sakkiztasi Kursk viloyati, to‘rttasi Bryansk viloyati, bittasi Belgorod viloyati va ikkitasi Qrim ustidan.

Bir kun avval, 1 dekabrga o‘tar kechasi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shunday hujum chog‘ida Ukrainaning 29 ta uchuvchisiz samolyoti yo‘q qilingan.

2 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga 110 ta dron yordamida zarba berdi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ternopolda dron turar-joy binosiga urilgani oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan, 100 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 22:26 02.12.2024. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!