Gvineyaning Nzerekore shahrida futbol fanatlari o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda 100 dan ziyod odam halok bo‘ldi. Bu yakuniy raqam emas, chunki jarohatlanganlar juda ko‘p.
Barron’s yozishicha, fojiaga 1 dekabr kuni «Nzerekore» va «Labe» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda bosh hakam bahsli o‘n bir metrli jarima zarbasi belgilashi sabab bo‘lgan. Referi avvaliga «Nzerekore» o‘yinchilaridan birini maydondan chetlatgan, so‘ng penalti belgilagan. Bundan g‘azablangan mahalliy muxlislar maydonga yugurib tushib, ommaviy janjal boshlanib ketgan.
Polisiya janjalni to‘xtatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. Bu xatti-harakatlar oqibatida ko‘pchilik qochishni boshlagan va stadionning kirish-chiqish qismida juda ko‘p odam to‘planib, ko‘plar bo‘g‘ilib va devordan yiqilib halok bo‘lgan.