Dushanba kuni Qozog‘iston tengesi Qozog‘iston fond birjasida (KASE) 1 AQSh dollariga nisbatan 519,85 ko‘rsatkichigacha tushib, navbatdagi tarixiy minimumni qayd etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Qozog‘iston milliy valyutasi rubl va neft narxlarining pasayishi fonida ikkinchi haftadirki tarixiy eng past ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.
Noyabr oyida Milliy bank bir qator asosiy omillarning yomonlashuvi sharoitida beqarorlashtiruvchi tebranishlarning oldini olish, tenge almashuv kursining ortiqcha o‘zgaruvchanligini yumshatish va chet el valyutasi taklifini ta’minlash maqsadida valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi. Oy yakuniga ko‘ra valyuta sotish hajmi 1,047 million dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida tenge kursi 5,0 foizga pasayib, 1 AQSh dollari 512,52 tengega teng bo‘ldi.