Bugun 3 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Vladimir Putinda endi hech qanday ikkilanish yo‘q

Vladimir Putinda endi hech qanday ikkilanish yo‘q

Faiser Rossiyaning tobora tajovuzkorligidan ogohlantirmoqda.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Faiser Rossiya va NATO o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgani haqida ogohlantirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinda endi hech qanday ikkilanish yo‘qligini da’vo qildi.

Yakshanba kuni nashr etilgan Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida Faiser Kreml 2022 yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri Germaniya kabi NATO a’zolariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qolganini aytdi.

«Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushidan beri biz ichki xavfsizlikda burilish davrini boshdan kechirdik», dedi u gazetaga. «Rossiya Yevropada gibrid urush olib bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, dezinformasion kampaniyalar, qo‘poruvchilik harakatlari va kiberhujumlar davlat tomonidan nazorat qilinadi».

Biroq, Faiser vazminlik va oqilon bo‘lishga chaqirib, «Biz qat’iy, lekin ayni paytda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishda davom etishimiz kerak» dedi.

Kiritildi: 23:00 02.12.2024. O'qildi: 1487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!